MakAllister yozda "Brayton"dan "Liverpul"ga o'tadi

Omonjon To`xtamirzayev
22 may 2023
Argentinalik futbolchi yozda jamoasini alishtirishga juda yaqin.

"Brayton" yetakchisi Aleksis MakAllister "qizillar" bilan deyarli barcha narsani kelishib qo'ygan. Faqatgina hujjatlarni imzolash qolgan. Shuningdek, klublar o'rtasidagi ham muzokaralar yaxshi ruhda davom etmoqda, chunki ular transfer summasi bo'yicha avvalroq kelishuvga erishgan.

Jahon chempioni bu mavsum "Brayton" safida APLning 33 o'yinida maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta assist qayd etdi.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia