Mahrez “Lester” mashg'ulotlariga qaytdi

“Lester” rasmiy saytining xabariga ko'ra, jamoa yarim himoyachisi Riyod Mahrez 9 fevrla kuni jamoaning mashg'ulotlariga qaytdi.

Eslatib o'tamiz, jazoirlik futbolchi yanvar oyidagi transfer oynasi vaqtida “Manchester Siti”ga o'ta olmagach, jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etmay qo'ygandi.

“Riyod jamoamiz a'zosi va jamoaning yangi muvaffaqiyatlariga o'z hissasini qo'shish niyatida”, deyiladi xabarda.

26 yoshli futbolchini APL 27-turi doirasida “Manchester Siti”ga qarshi bahsda maydonga tushishi haqida hozircha hech qanday xabar berilmagan.


Manba: "Лестер" расмий сайти