Maguayr jarohati sabab mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi

Sherzod Nurmatov
6 may 2024
"Manchester Yunayted" himoyachisi Harri Maguayr jarohati tufayli safdan chiqdi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda.

Futbolchi taxminan 3 haftani o'tkazib yuboradi. Shu tariqa futbolchi qolgan uchrashuvlarda maydonga tushmaydi.

31 yoshli futbolchi joriy mavsum APLda 22 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

6 may kuni "Manchester Yunayted" safarda "Kristal Pelas" bilan uchrashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com