Lyuka Ernandes: "Benzemaning "Oltin to'p"ni olishiga shubha yo'q"

Mirjalol Normatov
5 iyun 2022
Fransiya termasi futbolchisi Lyuka Ernandes ushbu mavsumda Karim Benzemaning o'yinlaridan hayratda ekanligini yashirmadi.

"Benzema YCHLni beshinchi marta qo'lga kiritdi. Bu aql bovar qilmas natija. U Fransiya futboli va "Real"ning afsonasi. "Oltin to'p"? Menimcha, hech kimda shubha qolmadi.

U o'z o'yinlari orqali barcha francuzlar, shuningdek, klubi muxlislarini hayratga solmoqda", - dedi "Bavariya" himoyachisi.

Karim ushbu mavsum LaLiganing 32 o'yinida qatnashib, 27 gol va 12 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal