Lyuk de Yong "Barselona"dan ketishni xohlamayotganini aytdi

Alisher
22 yanv 2022, 16:14
"Barselona" hujumchisi Lyuk de Yong tez orada jamoasini o'zgartirmoqchi emasligini aytdi.

"Biz yarim yildan beri oilamiz bilan Barselonada yashaymiz. Yana ko'chishni xohlamayman. Yana zaxira o'yinchisi bo'lsam ham, ushbu jamoaga foydali bo'lishim mumkin", - deydi de Yong.

Xabarlarga ko'ra, o'yinchiga "Chelsi", "Bavariya", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" qiziqmoqda.

De Yong joriy mavsum "Barselona" tarkibida 13ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Voetbalzone