Lyaport uzoq muddatga safdan chiqqan bo'lishi mumkin

Mirjalol Normatov
1 sen 2019
"Manchester Siti" himoyachisi Aymerik Lyaport ushbu oyda milliy termasi tarkibidagi o'yinlarda qatnashmasligi aniq.

"Brayton"ga qarshi bahsda u tizzasidan jiddiy jarohat olgan. Hozircha shifokorlar uning qancha muddatga safdan chiqqanini aytib berishganicha yo'q. Biroq mutaxassislar uning uzoq muddat maydonga qayta olmasligini aytishmoqda.

25 yoshli himoyachi o'tgan yilning yanvar oyida 65 million evro evaziga "Atletik"dan ko'chib o'tgandi. Bu mavsumda u jamoasining barcha o'yinlarida to'liq qatnashib kelayotgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana