Lutfulla To'raev MTJning bugungi mashg'ulotida ishtirok etmadi

Aslanov Jasurbek
8 okt 2019, 17:49
O'zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralash uchrashuvlariga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

MTJga chaqirilgan "Bunyodkor" yarim himoyachisi Lutfulla To'raev terma jamoaning bugungi mashg'ulotlarida ishtirok etmadi.

"Bunyodkor" klubining Telegram kanalidagi xabarlarga ko'ra, To'raev "qaldirg'ochlar" safida "Qo'qon-1912"ga qarshi o'rtoqlik o'yinida qatnashgan.

Yarim himoyachi MTJni lagerini tark etgani aniq emas.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 10 va 15 oktyabr kunlari JCH-2022 saralash uchrashuvlarida ishtirok etadi. Dastlab "Paxtakor" stadionida Yamanga qarshi bahs bo'lib o'tadi. 5 kun o'tib terma jamoamiz Singapur mehmoni bo'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia