Lukas Paketa: "Menimcha, Pioli nomzodi "Milan" uchun foydaliroq"

"Milan" klubi yarim himoyachisi Lukas Paketa Stefano Piolini sobiq ustozi Marko Jampaolo bilan solishtirdi.

"Menimcha, Jampaologa nisbatan Pioli qo'l ostida o'ynash qulayroq. Jampaolo davrida bazi futbolchilar maydonda o'zlari uchun begona poziciyalarga tushirilar va tabiiyki, bu o'yin sifatiga salbiy ta’sir qilardi. Hozir hammasi yaxshi. Endi biz natijalarni ham yaxshilashga harakat qilishimiz kerak", - deydi braziliyalik futbolchi Sky Sports nashriga bergan intervyusida.


Manba: Sky Sports