Lukas Moura: “Tottenxem” bilan ilk sovrinimni yutganimdan xursandman”

“Tottenxem” hujumchisi “Bavariya” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Ushbu ajoyib klub bilan ilk sovrinimni yutganimdan xursandman. Mavsumni yaxshi boshlash uchun bu eng yaxshi yo'l edi. Biz g'alaba mentalitetini rivojlantirish uchun chin yurakdan ishlashda davom etamiz”, - dedi Lukas Moura.

Eslatib o'tamiz, “shporlar” “Bavariya”ni Audi Cup finaliga mag'lub etib, musobaqa g'olibiga aylandi.


Manba: Instagram/LucasMoura