Lukas Moura o'zi uchun “PSJ” belgilagan transfer summasidan shok holatida

Braziliyalik hujumchi zaxirada qolib ketayotganligi sabab jamoasini almashtirish harakatida yuribdi.

UOL Esporte nashrining yozishicha, “MYU” Lukas Moura uchun parijliklarga 18 million funt taklif qilgan, ammo rad javobini olgan.

“PSJ” esa 35,5 million funtdan kamiga muzokaralar olib borilmasligini bayon qilgan. Mouraning o'zi esa manchesterliklar taklif qilgan narxni adolatli deb hisoblamoqda.



Manba: UОL Esportе