Luis Suares: "Neymarning qarorini hurmat qilish kerak"

Mirjalol Normatov
3 sen 2023
Luis Suares sobiq jamoadoshlari Leo Messining AQSH, Neymarning Saudiya Arabistoni chempionatiga yo'l olgani haqida gapirdi.

"Ular faoliyatining turli xil bosqichlarida. Leo futboldan dam olish uchun AQSHga ketdi. U yerda Yevropadagi kabi talablar yo'q. U to'g'ri qaror chiqardi deb o'ylayman. Biroq Leo nafaqat vaqt o'tkazish uchun, balki, jamoasiga ko'proq g'alabalar taqdim qilish uchun ham ketdi. Unda g'oliblik mentaliteti bor.

Neymar haqida gapiradigan bo'lsam, dunyoning 20-30 top futbolchilari Saudiya Arabistoniga yo'l olgani uning diqqatini tortdi. Balki bu jihat uni o'sha erlarga etakladi. PSJdagilarga esa u kerak bo'lmay qoldi. Shuningdek, moliyaviy shartlar ham bu yerda o'z rolini o'ynab berdi. Umuman olganda bunday futbolchilarga pul unchalik ham muhim rol o'ynamaydi.

U barchasini o'ylab ko'rgan. Neymarning qarorini hurmat qilish kerak. O'z vaqtida uning "Barselona"dan kyetishini ham hurmat qilganmiz. Ko'ramiz, u jarohatidan keyin qanday holatda bo'ladi, hali ham dunyoning eng zo'rlaridan biri ekanligini ko'rsata oladimi?", - dedi "Gremio" hujumchisi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN