Luis Enrike: "PSJda uch nafar top-darvozabon borligi ajoyib holat"

Mirjalol Normatov
18 dek 2025
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike darvozabon Matvey Safonovning Qitalararo kubok finalida ko'rsatgan o'yini haqida gapirdi.

Parij klubi ushbu uchrashuvda "Flamengo" (1:1, pen. 2:1) ustidan g'alabaga erishdi. Penaltilar seriyasida u 4 seyv amalga oshirdi.

"Mavsum boshidan buyon maydonga tushmagan futbolchimiz darajasini namoyish qilganini ko'rdik. Futbolchilarim istalgan paytda jamoaga yordam berishga tayyorligidan mamnunmiz.

Matvey nafaqat o'z professionalligini namoyish qildi, balki, xarakterini ham ko'rsatdi. PSJda uch nafar top-darvozabon borligi ajoyib holat", - dedi Enrike.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal