Luis Enrike pley-offga chiqqanidan so'ng: "Biz hali tirikmiz. Xech kim PSJ bilan o'ynashni istamaydi"

Aziz Tukhtamuradov
14 dek 2023
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike YCHL pley-offiga yo'l olganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz hali tirikmiz. Biz guruhda ikkinchi o'rinni egallagan bo'lsakda, keyingi bosqichda xech kim biz bilan o'ynashni istamaydi.

Men baxtliman. Albatta birinchi o'rinni olishni istagandik. Shuning uchun o'yin yakunida men yigitlarga qarata "2:1 uchun o'ynang. Ammo katta tavakkal qilmang" deb baqirdim", - dedi Luis Enrike.

Eslatib o'tamiz, PSJ guruhda ikkinchi o'rinni egallab, pley-off yo'llanmasiga ega chiqdi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: UEFA