Luis Enrike: "Bosim? Menda u yo'q"

Omonjon To`xtamirzayev
16 apr 2024
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike bosimni his qilmayotganini ma'lum qildi.

"Haftasiga 6 yoki 7 kun ishlab, har kuni ertalab soat 6da uyg'onadigan inson bosimni his qiladi va shu yo'sinda hayot kechiradi.

Men esa xuddi lordlardek hayot kechiraman va har kuni tabassum bilan o'z ishimni qilaman".

Eslatib o'tamiz, YCHL 1/4 finali doirasida "Barselona"ga qarshi dastlabki o'yindan avval Enrike "Bizda bosim yo'q, "Barselona"da esa aksincha", degandi.  


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia