Lui van Gal: "Mourinyoni dunyoning eng zo'r murabbiylaridan biri bo'lishini kutmagandim"

25 okt 2014, 00:35
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Lui van Gal "Chelsi" ustozi Joze Mourinyo xususida gapirib o'tdi.
Mourinyoni kun kelib dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri bo'lishini kutmagandim.
Joze Mourinyo juda bosiq va juda ehtirosli odam. U o'z vaqtida nafaqat Lui van Galga, balkim Bobbi Robsonga ham o'z minnatdorchiligini bildirgandi. Buni men juda qadrlayman. Lekin inson hamma narsaga o'zi erishadi.

Men ham o'z vaqtida "Ayaks"da Leo Benxakkerga yordamchi murabbiy bo'lganman. Bu mening foydamga ishlagan. Benxakkerga yordamchi bo'lgan vaqtimda uning ishiga juda e'tiborli bo'lganman. Joze ham men bilan ishlagan paytda bor e'tiborini ish jarayoniga qaratardi. Bu narsa uning foydasiga ishlagan.

Manba: sports.ru