Luchano Spalletti Saudiya klubiga rad javobini berdi, u "Yuventus"da ishlashi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
22 iyul 2023
"Napoli" sobiq bosh murabbiyi Luchano Spalletti Saudiya Arabistoni chempionatida ishlash taklifini rad etdi.

Unga Jiddaning "Al Ahli" jamoasidan taklif tushgandi. Qayd etilishicha, "Yuventus"ning yangi sport direktori Kristiano Juntoli aynan Spallettini klub bosh murabbiyligi uchun munosib nomzod deb hisoblaydi. 

Eslatib o'tamiz, Spalletti o'tgan mavsumda "Napoli" bilan A Seriya chempionligini qo'lga kiritdi. Shuningdek klub uning qo'l ostida YCHL chorak finaligacha yetib bordi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com