Lotar Matteus: "Mourinyo doim maydonda g'olib bo'lgan"

Tolibjon Qosimov
12 apr 2014
"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Lotar Matteus "Atletiko" - "Chelsi" o'rtasidagi bahslardan oldin o'z fikrlarini bildirdi.
"G'alati holat. Bu Mourinyoga o'xshamayapti. U doim maydonda g'alaba qozongan, uni tashqarisida emas.

Kurtua o'yinda ishtirok etishga haqli deb o'ylayman", – deydi Matteus.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" o'ziga tegishli bo'lgan Kurtuaning yarim finalda maydonga tushishi uchun Madrid klubidan 3 million evro so'ragandi.

Kecha UEFA Kurtua "Atletiko" safida hech qanday cheklovlarsiz maydonga tushishi mumkinligini ma'lum qildi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru