Los-Anjeles Gelaksi klubi Jerrardning familiyasini noto'g'ri yozdi

Narzulla Saydullayev
27 iyun 2016
Los-Anjeles Gelaksi yarim himoyachisi Stiven Jerrard San-Xose Ertkueyks (1:1) bilan o'yinda o'z familiyasi noto'g'ri yozilgan futbolkada o'ynadi.

Gerrardning o'rniga futbolkada Gerrrad yozilgandi. 69-daqiqada 36 yoshli futbolchi Jovani dos Santosga golli pas oshirdi.

87-daqiqada Jerrard boshqa futbolchiga almashtirildi.

Los-Anjeles Gelaksi o'z rasmiy tvitterida ushbu rasmni taqdim etdi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/LAGalaxy