Lorentening "Liverpul"ga ikkita gol urgan o'yindagi libosi 8 ming evroga sotildi

Alisher
13 apr 2020
"Atletiko" o'yinchisi Markos Lorente koronavirus pandemiyasi qurbonlariga yordam berish uchun mablag' to'plashda ishtirok etayotgani haqida oldinroq xabar qilgan edik.

Futbolchi "Liverpul"ga qarshi "Enfild"dagi YCHL 1/8 final javob o'yinida harakat qilgan libosini aukcionga qo'ydi. Ispaniyalik ushbu bahsda amaldagi chempionlar darvozasiga zaxiradan tushib ikkita gol urgan edi.

25 yoshli o'yinchining libosi 8100 evroga sotildi.

Eslatib o'tamiz, "Atletiko" YCHL 1/8 finalida "Liverpul" ustidan umumiy 4:2 hisobida g'alaba qozongan holda, keyingi bosqichga yo'l olgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Marca