Lorente faoliyatini boshqa bir Italiya klubida davom ettirishi mumkin

Alisher
19 dek 2020, 18:24
35 yoshli ispaniyalik hujumchi Fernando Lorente "Napoli"dan kyetishga yaqin.

Manbaning xabariga ko'ra, tajribali futbolchi Genuyaning "Sampdoriya" klubi taklifini qabul qilgan. Transfer rasman yaqin haftalarda e'lon qilinadi.

Tomonlar 2020/21 yilgi mavsum so'nggiga qadar ijara shartnomasi imzolashadi. Lorente joriy mavsum Italiya chempionatida maydonga tushgani yo'q.

Eslatib o'tamiz, hujumchi Neapolga o'tgan yilning yozida "Tottenxem"dan erkin agent maqomida o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Sportitalia