Loran Blan: “Jarohatlar “PSJ”ning o'yinlariga ta’sir ko'rsatayapti”

“PSJ” klubi bosh murabbiyi Loran Blan, klubning Fransiya chempionati 7-turidan o'rin olgan “Valensen”ga qarshi o'yinda g'alaba qozonganini (1:0) izohlab o'tdi.

“Jamoadagi jarohatlardan maydonda ham undan tashqarida ham muammolar paydo bo'layapti. O'yin juda qiyin kechdi, biroq biz uch ochkoni qo'lga kirita oldik. Mavsum oxirigacha esa bunday o'yinlardan ko'pini o'tkazishimiz kerak.

“Biz “Monako”ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun ko'p vaqt sarfladik, qayta tiklanish uchun esa uch kun berildi xolos, bundan tashqari jamoadan Tiago Silva jarohat oldi”, - deya ta'kidladi Blan.


Manba: sports.ru