

“Kavani va Ibragimovich birgalikda yaxshi harakatlana oladi va maydonda bir-birini to'ldirib turishga yordam beradi. Bu transfer bizning Fransiyadagi va Yevropadagi raqiblarimizga qandaydir manoda ogohlantirish bo'lishi mumkin.
Kabay? Bu ajoyib futbolchi, biroq bularning bari bizning tarkibimizda qanaqa o'yinchilar bo'lishiga bog'liq bo'ladi. Biz unga qattiq qiziqayapmiz, chunki Kabay bizga turli xil o'yin variantlarini berishi mumkin.
Tiago Silva? Fikrimchi u Parijda qoladi. Unga sardor bo'lishga yaxshi imkoniyat mavjud”, - deydi Blan.
Ilgari tarqalgan xabarlarga ko'ra, Kavani “PSJ” bilan maoshi yiliga 8 million evrodan iborat bo'lgan 5-yillik shartnoma imzolagan. Bundan tashqari parijliklar Kavani uchun 64 mln evro mablag' sarflashadi.



