Lopetegi: "O'zimizning maksimum imkoniyatlarimizni ko'rsatishimiz kerak"

Alisher
11 avg 2020
"Sevilya" bosh murabbiyi Xulen Lopetegi Yevropa Ligasi 1/4 final doirasidagi "Vulverxempton"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz barcha qiyinchiliklarga tayyormiz. Yevropa Ligasi formati biroz o'zgardi. O'zimizning maksimum imkoniyatlarimizni ko'rsatishimiz kerak.

G'alaba qozonishimiz uchun ajoyib o'yin ko'rsatishimiz shart. Siz o'zingizning o'yiningizga e'tibor qaratishingiz va shaxsiy ustunliklaringizdan foydalanishingiz kerak. Raqib juda jiddiy. O'yin teng va murosasiz bo'ladi deb o'ylayman", - deydi Lopetegi.

Eslatib o'tamiz, o'yin bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com