London klublari "Milan" yarim himoyachisiga ko'z tikkan

Eldor Akmurzayev
25 iyun 2019
Milan futbolchisi Frank Kessie faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin, deya xabar qiladi Corriere dello Sport.

Unga Londonning uch jamoasi – Arsenal, Vest Xem hamda Tottenxem qiziqmoqda. Rossonerilar Kessining narxini 40 mln. evroga belgilab qo'ygan. 

22 yoshli xavbek joriy mavsum milanliklar safida 41 o'yinda maydonga tushib,8ta gol urishga hamda 2ta samarali uzatmani o'z hisobiga yozib qo'yishga erishgandi. 

Ayni vaqtda u terma jamoa safida Kot-dʼIvuar bilan Afrika Millatlar Kubogi-2019da qatnashmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Corriere dello Sport