London javohiri. Tez orada ochiladigan "Tottenxem Xotspur Stedium"ning so'nggi suratlari

Aslanov Jasurbek
18 mar 2019
Kecha "Tottenxem" rasmiy sayti klubning yangi stadioni 3 aprel kuni "Kristal Pelas"ga qarshi Angliya Premer-ligasining 31-tur uchrashuvida ochilishini ma'lum qildi.

"Shporlar" rasmiy sayti bergan ma'lumotlarga ko'ra, ushbu arena o'z bag'riga 62 mindan ortiq muxlisni sig'dirishi mumkin. Stadio va uning atrofidagi mehmonxona, ofislar, do'konlar qurilishi uchun 850 mln. funt sarflandi.

Tez orada ochiladigan yangi arenaning so'nggi suratlarini e'tiboringizga havola qilamiz.











Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gettyimages.com, tottenhamhotspur.com