

"Temiryo'lchilar" xorvatiyalik 26 yoshli hujumchi Shime Jujul bilan bitim tuzdi. O'tgan mavsum Singapur chempionati vakili "Geylan" klubi tarkibida 29 o'yinda 19 gol va 7 assist qayd etgan futbolchi yangi mavsumda Toshkent klubi tarkibida harakat qiladi.
Qayd etish kerak, Shime faoliyati davomida 153 o'yinda maydonga tushib, 58 gol urgan va 32 bor assist qayd etgan.




