“Lokomotiv” va “Metallurg” klublari taqdim etgan xat PFL uchun tushunarsiz bo'ldi

Narzulla Saydullayev
23 fev 2019, 11:59
2019 yilgi mavsum uchun licenziyalash talablaridan kelib chiqib Professional futbol ligasi Superliganing 5 ta klubini rasman ogohlantirgandi: AGMK, “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Metallurg” va “Buxoro”.

Kecha - 22 fevral kungi dedlayndan kelib chiqib, AGMK, “Paxtakor” va “Buxoro” futbol klublari licenziyalash talablarini to'liq bajarish yuzasidan kafolat xati taqdim etdi. “Lokomotiv” va “Metallurg” klublari taqdim etgan xat esa PFL uchun tushunarsiz bo'ldi.

Bugun - 23 fevral kuni PFL Superliga klublarining hozirgi kunga qadar amalga oshirgan ishlari yuzasidan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasiga hisobot taqdim etadi. Licenziyalash bo'yicha qo'mita esa ishni o'rganib, o'z xulosasini taqdim etadi.

Professional futbol ligasi O'FA tomonidan qo'yilgan talablar yuzasidan ish olib bordi. Tashkilot Superliga bellashuvlariga qur'a tashlash, musobaqalarni o'tkazish kabi ishlarga tayyor. Navbat O'FA Licenziyalash qo'mitasi o'z xulosalari bilan Superliga ishtirokchilari nomiga oydinlik kiritib berishiga yetib keldi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz