"Lokomotiv" Temurxo'ja Abduxoliqov bilan iliq xayrlashdi

Alisher
18 dek 2021
"Lokomotiv"ni yana bir yetakchi futbolchi, mohir hujumchi Temurxo'ja Abduxoliqov tark etdi.

Temurxo'ja bu mavsum Superliga va O'zbekiston Kubogi bahslarida 15ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. 

U Superliga bahslarida 14ta gol bilan Dragan Cherandan so'ng to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinni egalladi. Endilikda ushbu futbolchi faoliyatini boshqa klubda davom ettiradi. 

"Lokomotiv" PFK Temurxo'ja Abduxoliqovga jamoamiz safida to'p tepib, "temiryo'lchilar" rivojiga qo'shgan hissasi uchun o'z minnatdorchiligini bildiradi hamda uning keyingi faoliyatiga omad tilaydi.


Superliga yakunlari. "Lokomotiv" tarkibida kim nechta gol urdi?



AlisherMuallif
Manba: lokomotiv.uz