

Tajribali yarim himoyachi bilan "Lokomotiv" PFK o'rtasida bir yillik shartnoma tuzildi.
Avvalroq Abdullaevning "Lokomotiv"dan ketishi kutilgandi, biroq oradan ko'p o'tmay uning "Lokomotiv"da qolishi oydinlashdi.
Shuningdek, yakuniga etgan mavsumni "Neftchi"da o'tkazgan Murod Bobojonov ham bu yildan "Lokomotiv" tarkibida to'p tepadi.
Ma'lumot uchun, 22 yoshli futbolchi o'tgan yil oliy ligada 19 o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urgan. Har ikkala futbolchi "Lokomotiv" PFKning Osiyo chempionlar ligasi uchun topshirgan futbolchilar ryo'xatiga kiritildi.




