"Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" bahsi TTYMI stadionida bo'ladi

Aslanov Jasurbek
19 may 2015
Oliy ligada chempionlik uchun kurashayotgan "Lokomotiv" navbatdagi tur uchrashuvini o'z maydonida o'tkazadi.
24 may kuni jamoamiz "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi. Uchrashuv TTYMI stadionida bo'lib o'tadi.

O'yinning boshlanish vaqti - 18:00.

Bir kun oldin o'tkaziladigan o'rinbosarlar bahsi ham TTYMI stadionida o'tkaziladi. O'yinning boshlanish vaqti - 16:30.

Oliy liganing 10-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Qo'qon-1912" uchrashuvini Murod Muhamedov boshqaradi. Unga qanotlarda Anvar Marajabov bilan Ziyodullo Abdurahmonov ko'mak berishadi. Rustam Toshmuxamedov - zaxira hakami, uchrashuv nazoratchisi esa Aleksandr Popov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: lokomotiv.uz