"Lokomotiv" matbuot xizmati Iker Kasilyasga javob qaytardi FOTO

Mirjalol Normatov
23 okt 2018
"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas Moskvaning "Lokomotiv" klubiga qarshi bo'lib o'tadigan Chempionlar ligasi o'yinidan oldin "qovun tushirdi".

U tvitterda qanday xato qilgani borasida oldinroq xabar bergandik.

Shundan keyin "Lokomotiv" matbuot xizmati bu tvitni bee'tibor qoldirmadi va Iker Kasilyasga javob berdi.

"Iker Kasilyas, Toshkentda sizni osh kutmoqda. Bu borshdan ko'ra yaxshiroq. Jamoamiz ham anchagina kuchli. Biz haqimizda "Galatasaroy" jamoasi muxlislaridan so'rang", - deb yozadi "Lokomotiv" tvitteri.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia