

Endilikda "Lokomotiv" PFK O'zbekistonda "GM Uzbekistan" avtomobillarini sotish va texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha yetakchi avtomarkazlardan biri "Driver‘s Village" MCHJ avtosalonlar markazi bilan ham biznes hamkorlik qiladi.
"Lokomotiv" PFK marketing ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Shohruh Hojimetovning ma'lum qilishicha, 2021 yilgi mavsum jamoa liboslarida "Driver‘s Village" yozuvi tushirilgan bo'ladi. Albatta, bu ham zamonaviy marketing turi. Bugun Shohruh Hojimetov "Driver‘s Village" MCHJ bosh direktori Farrux Abdullaev bilan uchrashib, tomonlar hamkorlik rejalarini muhokama qilib olishdi.

