“Lokomotiv” jamoadan ketgan Mirzaevning o'rnini legioner bilan to'ldirishga yaqin

Eldor Akmurzayev
11 fev 2020
Xabaringiz bor, bugun Toshkentning “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Sardor Mirzaev Tailandning "Muangtong Yunayted" jamoasi a'zosiga aylandi.

“Tojikistondagi manbalarga ko'ra, “Loko”ga OCHLda “qaqshatkich zarba”ni yo'llagan “Istiqlol” sardori - Alisher Jalilov “temiryo'lchi”ga aylanish arafasida”, deb xabar bermoqda Shahboz Beg'amov telegram'dagi kanali orqali.  

Eslatib o'tamiz, 26 yoshli xavbek o'tgan yildan buyon Dushanbe shahri jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. Shuningdek, u Rossiyaning “Rubin, “Baltika” hamda “Nefteximik” klublari safida harakat qilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia