"Lokomotiv": Islom To'xtaxo'jaevni tabriklaymiz!

Narzulla Saydullayev
30 okt 2014
Bugun 30 - oktyabr, Toshkentning "Lokomotiv" hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi, istedodli futbolchi - Islom To'xtaxo'jaevning tavallud kuni.
Ushbu munosabat bilan Islomni "Lokomotiv" professional futbol klubida faoliyat olib borayotgan barcha hodimlar, klub rahbariyati, futbolchilar hamda murabbiylar shtabi nomidan mubarokbod etamiz. Unga "Lokomotiv" hamda milliy terma jamoasida ko'plab yutuqlarga erishishini va doim sog'-salomat bo'lishini tilaymiz.

Tug'ilgan kuning muborak, Islom!

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz