"Lokomotiv" ertaga yangi o'yinchilarni tanishtiradi

Tolibjon Qosimov
31 iyul 2024
Ikkinchi davra oldidan "Lokomotiv" PFK taqdimot marosimi o'tkazadi.

Klub sport direktori Ravshan Muqimov, bosh murabbiy Aleksandr Krestinin hamda yozgi transfer oynasida jamoamizga qo'shilgan yangi futbolchilar ishtirokidagi marosim 1 avgust kuni "Bunyodkor" stadioni anjumanlar zalida bo'lib o'tadi va soat 11:00da boshlanadi.

Xabaringiz bor, "Lokomotiv" Superliga uy uchrashuvlarini "Bunyodkor" stadionida o'tkazadi.

Tanishtiruv marosimiga OAV xodimlari taklif etiladi.

"Lokomotiv" uy uchrashuvlarini "Bunyodkor" stadionida qabul qiladi


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати