

Mazkur yig'in doirasidagi so'nggi nazorat bahsi esa Rossiyaning “Krasnodar” jamoasiga qarshi kechdi. Qiziqarli va tomoshabop tarzda o'tgan o'yinda omad rus klubiga kulib boqdi va “Loko” 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. “Lokomotiv” tarkibida kiritilgan yagona golga Sherzod Karimov mualliflik qildi.
“Lokomotiv” O'ZBEKISTON – “Krasnodar” ROSSIYA 1:2
Gollar: Sherzod Karimov (9) – Vanderson (12), Laborde (55)
“Lokomotiv”: Nesterov, Yelich, Karimov, Abdullaev, Aliboev, Bikmaev, Mirzaev, Mustafoev, Bobojonov, To'xtaxo'jaev, Muhammadiev.
2-bo'limda maydonga chiqqanlar: Ikromov, Zoteev, Yo'ldoshev, Amonov, Bikmaykin, Bekmurotov, Shoahmedov, Cho.




