"Lokomotiv" bolalari "Turkish holidays" turniri finalichisiga aylandi

Narzulla Saydullayev
5 noya 2014
"Lokomotiv" bolalar va o'smirlar futbol maktabining 2003-yilda tug'ilgan tarbiyalanuvchilari ayni vaqtda Turkiyada bo'lib o'tayotgan "Turkish Holidays" xalqaro turnirida ishtirok etmoqda.
Takidlash joizki, Alisher Bozorov boshchiligidagi jamoa bu musobaqada juda ishonchi o'yinlar namoyish etib, yuqori natijalarni qayd etmoqda. Musobaqa finaliga yo'l olgan bolalarimiz shu vaqtgacha hali biror marta gol o'tkazib yubormay, o'tkazgan barcha uchrashuvlarida faqat g'alaba qozonib kelishyapti.



Ular dastlabki o'yinda Moldoviyaning "Buikani" jamoasini 7:0 hisobida mag'lub etishdi. Keyingi uchrashuvda Abxaziyaning "Gagra"sini 2:0 hisobi bilan enggan bo'lsa, uchinchi uchrashuvda Turkiyaning "Tagspor" jamoasini yirik - 4:0 hisobida tasliq qildi. Yarim yinalda Moskvaning "Xamovniki" jamoasini 1:0ga enggan "temiryo'lchilar" finalga yo'l oldi.



Finalda esa ular Musobaqa mezbonlaridan biri "Beshiktosh" futbol akademiyasi bolalariga qarshi maydonga tushishadi.

Yosh futbolchilarimizga final uchrashuvida ham omad yor bo'lishini tilaymiz!

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz