Loftus-Chik: "O'zimizni Italiyaning eng yaxshi jamoasi sifatida his qilyapmiz"

Mirjalol Normatov
22 okt 2023
"Milan" futbolchisi Ruben Loftus-Chik skudettoni yutishni istaydi

Jamoa ushbu mavsum A Seriyadagi 8 o'yinda 21 ochko to'plagan holda, turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. Bugun milanliklar chempionatning 9-turida "Yuventus"ga qarshi bahs olib boradi.

"O'zimizni Italiyaning eng yaxshi jamoasi sifatida his qilyapmiz. Biroq barchasi mavsum yakunida aniq bo'ladi.

"Inter" bilan o'yindagi mag'lubiyat barcha jamoalarda bo'lib turadi va bu qay tariqa bo'lganini tushuntirib berishga ham odam qiynaladi. O'sha uchrashuv o'tmishda qolib ketdi", - dedi yarim himoyachi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport