lochinlar.biz: Yana yangi manzilda ish boshladik!

Assalomu alaykum qadrdon "Navbahor" jamoamiz muxlislari!
Yana Sizlar bilan boshqa yangi manzilda diydor ko'rishish nasib qilgan ekan, bundan xursandmiz.Albatta, Lochinlar.UZ manzilini saqlab qola bilmaganimizdan afsusdamiz. Mayli, endilikda Lochinlar.BIZ orqali yana birga bo'lamiz.

Eslatib o'tamiz, sayt yangitdan yaratilgani bois baza o'chib ketgan. Shu bois foydalanuvchilar qayta registraciyadan o'tishlari lozim bo'ladi.
 

Davralar oralig'idagi o'zgarishlar samara beryaptimi?

Ikkinchi davra o'yinlari boshlanganiga ham ko'p bo'lmadi. Hozirgacha jamoalar ikkitadan uchrashuv o'tkazishga ulgurdi.

Davralar oralig'ida "Navbahor" o'z tarkibini kuchaytirishga harakat qildi. Xususan, litvalik posbon Pavel Leus, "Lokomotiv" himoyachisi Rustam A'zamov, "Andijon"dan yosh hujumchi Aleksandr Lupashko, O'zbekistonda to'p surmagan jamoasi deyarli qolmagan Timur Yafarov singari futbolchilar bilan tarkib kuchaytirildi.

Shuningdek, "Chust-Paxtakor"da yaxshi natijalar ko'rsatayotgan murabbiy angliyalik Robert Gay "Navbahor" murabbiylari shtabidan o'rin oldi. Bu o'zgarishni ijobiy baholash mumkin. Yangi, ishga chanqoq murabbiydan yaxshi natijalar kutish mumkin, albatta kerakli sharoitlar yaratib berilgan bo'lsa.

Ortda qolgan ikki tur yakuniga ko'ra "lochinlar" 1 ochko jamg'arishga erishdi. Muxlislar esa kamida 4 ochko kutishgandi. 16-turdagi mag'lubiyat esa jamoamizning ahvolini yanada qiyinlashtirib yuborishi mumkin. Ayni paytda 10-pog'onani egallab turgan "lochinlar" yana ikki o'rin pastlashishi mumkin, agar "Sho'rtan"ga imkonni boy bersak.

Shunday ekan, o'zgarishlar samarasini kutishda davom etamiz... 

Manba: lochinlar.biz