"Liverpul"ga "Bornmut" futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
16 avg 2020
"Liverpul" "Bornmut" yarim himoyachisi Devid Bruksni nishonga oldi.

"The Sun" xabariga ko'ra, mersisaydliklar ustozi Yurgen Klopp ancha vaqtdan buyon Bruksning o'yinlarini kuzatib bormoqda. Germaniyalik mutaxassis ushbu futbolchi orqali tarkibning kuchayishiga shubha qilmayapti.

Ayni damda "Liverpul"ga yarim himoyachi kerak. Chunki Adam Lallana tarkibni tark etdi, Jyerdan Shakiri ham kyetish arafasida turibdi. "Liverpul" Bruks uchun 35 mln funt to'lashga tayyor turibdi.

23 yoshli Bruks yakunlangan mavsumda "Bornmut" tarkibida 9 o'yinda qatnashdi va 1 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun