

Manba bergan xabarga ko'ra, "qizillar"ning skautlar bo'limi 25 yoshli futbolchini Yevropaning texnik jihatdan eng qobiliyatli yarim himoyachilaridan biri deb hisoblamoqda.
PSJ Vitinyaga 130 million evrolik taklif tushsa, futbolchini sotishga tayyor ekanligini ma'lum qilgan. Qayd etilishicha, portugaliyalik futbolchini “Liverpul”dan tashqari “Yuventus” va “Arsenal” ham kuzatib bormoqda.
Vitinya joriy mavsumda barcha turnirlarda 16 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.Transfermarkt portalidagi ma'lumotlarga ko'ra, uning bozor qiymati 90 million evroga teng.



