“Liverpul” Xabi Alonso uchun 12 mln evro taklif etishi mumkin

“Liverpul” klubi murabbiylar shtabi, madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Xabi Alonsoga qiziqib qolgan, deb xabar bermoqda ispan OAV.

Manbaning xabariga ko'ra, klub Ispaniya terma jamoasi futbolchisi uchun 12 mln evro taklif etishi mumkin.

Ayni paytda klub bosh murabbiyi Brendan Rodjers, klub rahbariyatini futbolchini sotib olish, klubga katta foyda keltirishiga ishontirmoqda.


Eslatib o'tamiz, Alonso Ispaniya termasi safida Konfederatsiyalar kubogida oyog'i jarohatlanganligi sababli ishtirok eta olmadi. Ilgari u “Liverpul” klubi sharafini himoya qilib ulgurgan.


Manba: championat.com