"Liverpul" "Vulverxempton" o'yinchisi uchun 44 mln funt to'lashga tayyor

Sherzod Nurmatov
3 yanv 2023
"Vulverxempton" yarim himoyachisi Mateus Nunes "Liverpul"ning transfer maqsadiga aylandi.

"Qizillar" futbolchi uchun 44 million funt to'lashga tayyor. Ingliz klubi yozdayoq futbolchini qo'lga kiritmoqchi edi, ammo Nunes 45+5 million evro evaziga "Sporting"dan "bo'rilar" lageriga ko'chib o'tishni afzal bilgandi.

Yarim himoyachi joriy mavsum Premer-ligada 14 ta o'yinda maydonga tushdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph