"Liverpul" van Deykning o'rniga Bundesligadan himoyachi olib kelmoqchi
Tolibjon Qosimov
24 okt 2020
"Liverpul" klubi "Shalke-04" markaziy himoyachisi Ozan Kabakni xarid qilish variantini ko'rib chiqmoqda.
Bu haqda "Liverpool Echo" xabar berdi.
Manbaning ma'lumotiga ko'ra, mersisaydliklar jarohat olib mavsum so'nggiga qadar safdan chiqqan Virjil van Deykka o'rinbosar qidirishmoqda. "Shalke" Kabakni 29 million evroga baholamoqda.