"Liverpul" va "Siti" futbolchilari uchun samolyot ijaraga olishdi

Aslanov Jasurbek
17 noya 2016, 15:18
"Liverpul" va "Manchester Siti" rahbariyati o'zining braziliyalik va argentinalik futbolchilarini tezroq klubga qaytarish uchun xususiy samolyot ijaraga oldi.

Gap Filippe Koutino, Roberto Firmino, Fernandino, Serxio Aguero, Nikolas Otamendi va Pablo Sabaleta haqida ketmoqda. Xususiy samolyot ijarasi 120 ming funtga tushdi.

"Chelsi" yarim himoyachisi hozir ham Janubiy Amerikada. Klub rahbari Roman Abramovich o'z futbolchilari uchun samolyot ijaraga olmadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Dily Mail