"Liverpul" sobiq yarim himoyachisi Markovich Turkiya klubiga o'tdi

Alisher
21 iyul 2022, 15:58
"Liverpul" sobiq xavbeki Lazar Markovich "Gaziantep" futbolchisiga aylandi.

28 yoshli serb turk klubi bilan "2+1" sxemasida shartnoma imzoladi.

Markovichning so'nggi klubi "Partizan" bo'lgan edi va xavbek ushbu jamoada 2019 yilning sentyabridan beri o'ynayotgandi. Futbolchi o'tgan mavsum Belgrad jamoasi tarkibida barcha musobaqalarda 39ta o'yinda 4ta gol va 8ta assist qayd etdi.

Markovich "Partizan"ni erkin agent maqomida tark etdi.


AlisherMuallif
Manba: gaziantepfk.org