“Liverpul” sobiq futbolchisi: “Mourinyu yana APL chempioni bo'lsa xursand bo'lardim”

Eldor Akmurzayev
27 okt 2020
Jeymi Karrager “Tottenxem” ustozi Joze Mourinyu haqida gapirdi.

“Liverpul” chempion bo'lishini xohlayman albatta, lekin bu amalga oshmay qolsa, Mourinyu yana APLda g'olib chiqsa ham xursand bo'lardim.

O'ylashimcha, bu ajoyib tarix bo'lardi. Joze uni xush ko'rmaydiganlarga shu tarzda javob bergan bo'lardi. Mourinyu – ajoyib murabbiy va fikrimcha, uni tanqid qilishda haddan ziyod oshirib yuborishadi”, deydi Karrager.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sports