"Liverpul" "Siti"ning rekordiga eta olmaydi

Mirjalol Normatov
16 iyul 2020
Bugun "Liverpul" safarda "Arsenal"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Shu orqali 93 ochko jamg'argan mersisaydliklar APLda ochko yig'ish borasida "Manchester Siti" tomonidan urilgan 100 ochkolik rekordni yangilay olmaydigan bo'ldi.

APL tugashiga 2 tur qoldi. "Liverpul"ning 2-o'rindagi "Manchester Siti" bilan oradagi farqi 18 ochkoni tashkil qilmoqda.

Navbatdagi turda "Liverpul" o'z maydonida "Chelsi"ni mehmon qiladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia