"Liverpul" shvetsiyalik hujumchi uchun 100 mln funt taklif qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
19 iyun 2025
"Liverpul" "Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isakka qiziqish bildirmoqda.

"Qizillar" u uchun 100 mln funt va bonuslar ajratishga tayyor.

Qo'shimcha to'lovlarni hisobga olsak, potencial transfer summasi Leverkuzenning "Bayer" futbolchisi Florian Vircning narxidan oshib ketishi mumkin.

Agar "Liverpul" barcha bonuslarni (116 mln funt) to'lasa, shvetsiyalik forvard APL tarixidagi eng qimmat xaridga aylanadi. Kelishuv uchun mablag'ni Darvin Nunesning ehtimoliy sotilishidan olish rejalashtirilgan.

"Liverpul"dagilar Isakning transferi oson bo'lmasligini tushunadi – "Nyukasl" 25 yoshli shvetsiyalik uchun 150 mln funtdan ko'proq pul so'rashi mumkin.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Caught Offside