"Liverpul" "Sautgempton"dan rad javobini oldi

Mirjalol Normatov
25 iyul 2023
"Sautgempton"dagilar Romeo Laviani "Liverpul"ga sotmadi.

"The Athletic" xabariga ko'ra, "qizillar" 19 yoshli futbolchi uchun 37 mln funt taklif qilgan. Bunga "Sautgempton" rad javobini bergan. Klub uning transferi uchun 50 mln funt istagan.

"Liverpul" esa Nabi Keyta, Artur, Jeyms Milner, Aleks Oksleyd-Chemberlenning ketgani sababli yarim himoyachini olib kelishni maqsad qilgan. Shuningdek, Jordan Xenderson hamda Fabino ham jamoadan kyetishga yaqin turibdi.

O'tgan mavsumda belgiyalik futbolchi APLning 29 o'yinida 1 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic